11:23 / 22.08.2019
4 057

Toshkentga tezkor avtobus kerakmi?

Toshkentga tezkor avtobus kerakmi?
Foto: Google Photos
«Daryo» kolumnisti Yevgeniy Sklyarevskiy Toshkent shahrida tezkor avtobuslar qatnovining yo‘lga qo‘yilishi hamda buning natijalari xususida fikr yuritadi.

Shu yilning 25 iyuli Toshkent transport sohasi uchun alohida e’tiborli kun bo‘lib qolishi mumkin. Bu kun, birinchidan, shahar hokimiyatida koreyalik ekspertlar bilan «Toshkent jamoat transporti integratsiyalashtirilgan tizimini rivojlantirishni qo‘llab quvvatlash strategiyasi» mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ikkinchidan, Ground Zero Chilonzor kovorking markazida transport rivojlanishiga mas’ul tashkilotlarning vakillari bilan uchrashuv bo‘libdi.

Bu ikki voqeani Toshkent transport tarmog‘ini rivojlantirishning ikki o‘xshash taklifi – «tezkor avtobus» yoki Bus Rapid Transit birlashtiradi. Kovorking markazidagi uchrashuvda BRT’ni rivojlantirish g‘oyasini Innovatsiyalar vazirligi transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi M. Mirsaitov taqdim qildi.

Tezkor avtobusning asosiy g‘oyasi xuddi metro bekatlaridagidek harakat yo‘nalishi va to‘xtash bekatlarini yaratishdir. Umuman aytganda, BRT ko‘p jihatdan metro yoki tezkor tramvay qatnoviga monand. BRT Osiyo va Lotin Amerikasining ko‘plab shaharlarida faoliyat olib bormoqda. BRT haqida batafsilroq bilishni xohlagan o‘quvchilar Wikipedia’dan kerakli ma’lumotni o‘qib olishi mumkin.

Taklif qilingan loyihaning maqomi va taqdiri haqida savolga M. Mirsaitov loyiha transportni rivojlantirish konsepsiyasida hisobga olinganligini aytib o‘tdi. Innovatsiyalar vazirligi shahar hokimiyati bilan birgalikda loyiha koordinatori va to‘laqonli ishtirokchisi bo‘ladi. Qaror qabul qilish yuqorida darajada hal qilinadi, chunki BRT’ni rivojlatirish uchun xorij sarmoyasi va qo‘shimcha mablag‘ kerak.

Tezkor avtobusning asosiy jihatlari nimalardan iborat?

- Metro va tezkor tramvayga nisbatan arzonligi, sababi tunnel qazish va relslar yotqizish talab qilinmaydi, mavjud avtobuslardan foydalanish mumkin;
- Harakat tezligining 3–4 marta ortishi va yo‘l vaqtining qisqarishi;
- Yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish metrodagi kabi ishlaydi, yo‘l haqi bekatlarda olinadi;
- Harakat va tez-tez to‘xtab yurishning optimallashuvi sababli zararli moddalarning atmosferaga otilishi natijasida ekologiya yaxshilanadi;
- Tezkor avtobuslarning harakatlanishi uchun shaxsiy transport vositalarining kamayishi;
- Harakatning optimallashuvi evaziga yo‘lovchilar miqdorining o‘sishi.

Tezkor avtobusning yagona salbiy jihati yo‘nalish uchun alohida bekatlar va harakatlanish tizimining olib kirilishidir. Ayniqsa tarixiy yodgorliklari bor shaharlar markazlarida va shaxsiy yoki xususiy transport vositalari harakatlanadigan ko‘chalarda tezkor avtobusga ustunlik berilishi noqulaylik tug‘diradi. Ammo bu kabi muammolar hal qilish mumkin bo‘lgan muammolar sirasiga kiradi.

Agarda tezkor avtobuslar belgilangan jadval asosida harakatlansa, shahar aholi bu kabi noqulayliklarga bardosh bera oladi. Buni tezkor avtobus qatnaydigan o‘nlab shaharlar misolida ko‘rish mumkin. Tezkor avtobus xizmatining joriy etilishi shahar transporti tubdan qayta tashkil qilinishiga olib keladi. Boshqa avtobus yo‘nalishlari tezkor avtobus harakatlanish yo‘nalishiga moslab tuziladi.

Foto: Google Maps
Shunday ekan, Toshkentning qayerida tezkor avtobusni amalga kiritish kerak, bir fikrlab ko‘raylik. Masalan:
1) Keles – Qo‘yliq;
2) Nazarbek – ToshGRES;
3) Zangiota – TTZ.

Buning uchun markazda qayta chiqish imkonini berib uch liniyani birlashtiradigan bo‘g‘in tashkil qilinsa bas. Uni esa Ucell bosh ofisi oldidagi maydonga joylashtirish mumkin. Yangi yo‘llar qurish kerak bo‘lmaydi. Mavjud yo‘llar: Shota Rustaveli, Mannon Uyg‘ur, Farg‘ona yo‘li va boshqalar yetarli, ammo ba’zi ko‘chalarni kengaytirishga to‘g‘ri keladi.

Reja albatta mukammal emas; hamma BRT loyihasini qay tariqa rivojlantirish g‘oyasini berishi mumkin. Bir narsa aniqqki, Toshkentda jamoat transportini rivojlantirish loyihasi kerak va buning boshqa yo‘li yo‘q.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentga tezkor avtobus kerakmi?