Taniqli xonanda Lola Yo‘ldosheva o‘zining Instagramdagi sahifasida O‘zbekistonni chiqindilardan tozalash, tozalik madaniyatini oshirish, ekologiyani saqlash yo‘lida birlashishga da’vat bilan chiqdi. Bu haqda ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.
«Xayrli kun! Bu kunda ham har birimiz 1 kg atrofida axlat hosil qilib, chiqarib tashlaymiz. Har kunimiz shunday o‘tadi. Ya’ni, birgina Toshkentning o‘zi bugun ikki yarim MILLION kg axlat chiqaradi.
Atrofingizga qarang. Yo‘laklar atrofidagi paketlar, qog‘oz o‘ram va bo‘sh qutilar bilan to‘lgan ariqlar, plastik bilan liq to‘la daryo va kanallar. Va keyin, zanjir bo‘ylab, mana shu ahlatlar natijasida halok bo‘ladigan qush va hayvonlar. Zanjirning oxirida esa biz — shu daryolardan suv ichadigan o‘zimiz.
Ekologiyani ifloslantirish global muammosi bugun har qachongidan dolzarb bo‘lib turibdi.
⠀
Atrofimiz tozaroq bo‘lishi uchun siz nima qila olasiz?
Keling, ekologiya himoyasida birga turamiz. Men bilan birga atrof-muhit ifloslantirilishiga qarshi chiqing. Ekologiya mavzusida #yerbizninguyimiz xeshtegi bilan suratga oling. Eng yaxshi suratlarni men o‘z telegram-kanalim va storisimda joylayman», — deya yozadi Lola Yo‘ldosheva. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina askarlari Zelenskiyning bayonotiga kutilmagan munosabat bildirishdi
Aleksandr Lukashenko: “Rossiyadagi saylov natijalari G‘arb aralashuvi ustidan g‘alaba qozondi”
Isroilda minglab odamlar garovga olinganlarni ozod qilishni talab qildi
Qirg‘iziston prezidenti masjidda namoz o‘qib, iftorlik berdi
Putin: Yangi vazifalar, NATO, Ukraina va Fransiya bilan munosabatlar
Vaqt hech kimni ayamaydi: Jeki Channing yangi suratlari muxlislarni tashvishga soldi
Xurmoning qanday foydali xususiyatlari mavjud?
Xitoy TIV: AQSH dunyodagi eng yirik dezinformatsiya manbai