«Jasliq» koloniyasining yopilishiga xalqaro ekspertlar qanday fikrda?

  • 18 avgust 2019, 17:10
  • 763
  • Jamiyat
  • «Jasliq» koloniyasining yopilishiga xalqaro ekspertlar qanday fikrda?
    Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Jasliq” koloniyasini tugatish to‘g‘risidagi qaroriga qator davlatlar va xalqaro tashkilotlarning tezkor munosabat bildirishmoqda.

    Xususan, AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi Elis Uells o‘zining Tvitterdagi akkauntida quyidagilarni yozib qoldirdi:
    “Biz O‘zbekistonning yomon nom chiqargan “Jasliq” qamoqxonasini yopish to‘g‘risidagi e’lonini qo‘llab-quvvatlaymiz. O‘zbekistonda inson huquqlarini yaxshilash uchun hali oldinda ko‘p ishlar turibdi, biroq ushbu zulm maskanining tugatilishi islohotlar yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi”.

    AQSh Davlat departamentining Inson huquqlari, demokratiya va mehnat byurosi:
    “Biz “Jasliq” qamoqxonasini yopish to‘g‘risida e’lon qilgani uchun O‘zbekistondan minnatdormiz. Inson huquqlari jamiyatlari bu to‘g‘risida deyarli so‘nggi 20 yil davomida so‘rab kelayotgan edi”.

    BMTning O‘zbekistondagi Koordinatori Helena Freyzer:
    “Mazkur jarayon doirasida BMT inson huquqlari tamoyillari va BMTning jinoyatchilikning oldini olish va odil sudlov sohasidagi standartlar va normalardan kelib chiqqan holda O‘zbekistonga o‘zining penitensiar tizimini isloh qilishda va qamoqqa olish bilan bog‘liq bo‘lmagan sanksiyalar va choralarni qo‘llashda bundan keyin ko‘maklashishga tayyor”.

    Yevropa Ittifoqining “Jasliq” jazoni o‘tash koloniyasi yopilishi bo‘yicha bayonotidan:
    “2017-2021 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekistonning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ko‘rsatilganidek, huquq ustuvorligi va inson huquqlariga amal qilinishi O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotini jadallashtirishning uzviy sharti hisoblanadi. Ham xorijiy, ham ichki iqtisodiy operatorlarning olib borilayotgan islohotlarga ishonchi va ularning O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiya kitirishga tayyorligi darajasi mazkur sohadagi doimiy o‘sishga bog‘liq. YeI munosabatlarimizni kelajakda yangi darajaga ko‘taruvchi voqealarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor”.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » «Jasliq» koloniyasining yopilishiga xalqaro ekspertlar qanday fikrda?