00:15 / 19.08.2019
3 469

Sherzod Xo‘jayev: "Elektr tarmoqlari bo‘yicha tashabbusimni e’lon qilganimda ijtimoiy tarmoqlarda meni ustimdan kulganlar ko‘p bo‘ldi"

Sherzod Xo‘jayev: "Elektr tarmoqlari bo‘yicha tashabbusimni e’lon qilganimda ijtimoiy tarmoqlarda meni ustimdan kulganlar ko‘p bo‘ldi"
Foto: O‘zA
Xabaringiz bor, joylarda aholiga zamonaviy hisoblagichlar o‘rnatilmoqda. «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining korxonalari tomonidan bepul o‘rnatish jarayonida eskirgan elektr simlari o‘z holicha qolayotgani aholi orasida turli savollar keltirib chiqarmoqda. Ya’ni elektr yetkazib berishni oxirgi nuqtasi bo‘lgan bu kabellarning juda eskirib, titilib ketgani ham aytilmoqda deb yozadi O‘zA.

Bu masalani bartaraf etish borasida Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev shunday izoh berdi.
Bu shirkatlar bilan elektr tarmoqlari korxonalari o‘rtasidagi chigal masala. Biz aholiga elektr yetkazib berishga javobgarmiz, lekin iste’molchiga yetib boradigan oxirgi nuqta bizga emas, shirkatga tegishli. Ba’zida iste’molchilar kimga borib murojaat qilishni bilmaydi. Shirkatga borsa, u meniki emas, deydi, elektr korxonasiga borsa ular bunga javob bermasligini aytadi.

Ana shu holga chek qo‘yish maqsadida Adliya vazirligi bilan chuqur tahlil o‘tkazgan edik. Bunda ma’lum bir miqdor mablag‘ni elektr simlarining holatini texnik talabga javob beradigan shaklda saqlashga qaratish kerak. Men bu tarmoqlarni bizni balansga o‘tkazib beringlar, biz xizmat ko‘rsataylik. Ko‘rsatilgan xizmat va xarajatlar uchun aholi shirkatga emas, bizga to‘lashi kerak.

Bu fikrni oldinroq e’lon qilganimda ijtimoiy tarmoqlarda meni ustimdan kulganlar ko‘p bo‘ldi. Yana takror aytaman, shu masala bilan biz shug‘ullanishimizni istab, tashabbus bilan chiqadiganlar bo‘lsa, biz qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz.

Eng yomoni nima bilasizmi? Ana shu tarmoqda elektr energiyani yo‘qolishlari bor. Zero, aloqa qancha yomon bo‘lsa, yo‘qolish ham ko‘payib boraveradi. Yaxshilashga esa xarajat qilish kerak, lekin u dasturlarda ko‘zda tutilmagan. Chunki, tarmoq balans bo‘yicha bizniki emas.

Endi Toshkentdagi ahvol holva. Jizzax, Samarqandga borib, ko‘p qavatli uylarni ko‘rsangiz, kabellarni holatidan qo‘rqib ketasiz. Shuning uchun, elektr tarmoqlariga hisoblagichlarni almashtirganda unga ulanadigan ayanchli holatdagi simlarni almashtirib ketgin deb, qaror chiqarib berishga majbur bo‘ldik. Hali ertaga unga ham savol bo‘ladi. «Nega balansga kirmagan joylarga xarajat qilingan», deb. Qilmasak, elektr ta’minotida uzilish bo‘laveradi, doimiy shikoyatlar kelaveradi.

Sherzod Xo‘jayev, Energetika vaziri o‘rinbosari

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sherzod Xo‘jayev: "Elektr tarmoqlari bo‘yicha tashabbusimni e’lon qilganimda ijtimoiy tarmoqlarda meni ustimdan kulganlar ko‘p bo‘ldi"