Vodiy derbisidan keyin Andijondagi stadionda tartibsizlik yuzaga keldi (video)

  • 19 avgust 2019, 07:30
  • 1 189
  • Jamiyat
  • Vodiy derbisidan keyin Andijondagi stadionda tartibsizlik yuzaga keldi (video)
    «Sog‘lom avlod» stadionida bo‘lib o‘tgan vodiy derbisi doimgidek «qiziqarli» voqealarga boy bo‘ldi. Superliganing 17-turi doirasidagi uchrashuv o‘yin sifati jihatidan yuqori saviyada bo‘ldi, deya ayta olmaymiz. Har ikki jamoa ham nursiz o‘yin namoyish qildi.

    O‘yinning 52-daqiqasida Aziz Turg‘unboyev jarima nuqtasidan gol urib, «Navbahor»ga uch ochko va jamoasi muxlislariga bir olam quvonch baxsh etgach, stadion tribunalarida biroz tartibsiz holat yuzaga keldi.
    Namanganlik muxlislarning tribunalardagi raqslari «Andijon» jamoasi ishqibozlarining ehtiroslarini junbishga keltirdi.

    Natijada, mehmon muxlislar stadionga ham tushib ketishdi. Ular o‘zlariga tribunaning orqa tomondan tosh otilayotganini aytishgan. Andijon IIB xodimlari tartibsizlikni o‘z vaqtida bartaraf etdi. Hech kim jarohat olmadi.

    Namanganlik muxlislardan iborat mashinalar kolonnasi viloyat chegarasigacha kuzatib qo‘yilganligi aytilmoqda.
    Qayd etish kerakki, bunday tartibsizliklar «Andijon» va «Navbahor» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlar uchun odatiy hol.

    Bundan uch oy oldin, Namanganda bo‘lib o‘tgan derbida ham futbolchilar stadionni tark etayotgan paytda muxlislar turli narsalarni uloqtirgan, shuningdek, stadion tashqarisida ham tartibsizliklar bo‘lgan edi.


    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Vodiy derbisidan keyin Andijondagi stadionda tartibsizlik yuzaga keldi (video)