Mandatga oz qoldi, yaqin kunlarda yakuniy javoblar eʼlon qilinadi

  • 19 avgust 2019, 12:24
  • 1 308
  • Jamiyat
  • Mandatga oz qoldi, yaqin kunlarda yakuniy javoblar eʼlon qilinadi
    Foto: Madina Nurmanova
    Zamonaviy axborot texnologiyalarining borligi yaxshi, odamlarning mushkulini ancha oson qiladi. Masalan, test sinovlari natijalarini internet orqali qiynalmasdan bilib olish mumkin, bu juda qulay, ortiqcha ovogarchilik boʻlmaydi.

    Ammo zamonaviy texnologiyalar jonli jarayondagi hissiyotlarni bera olmaydi. Misol uchun, ilgari OTMlarga borib, stendlarga ilingan uzundan-uzun roʻyxatdan oʻzining javoblar varaqasi raqamini qidirib topishning (ism-familiya berilmasdi) oʻziga yarasha gashti bor edi. Oʻziga ishonadiganlar hamda irim qiladiganlar roʻyxatni boshidan qidirishni boshlardi, salgina xavotiri borlar esa aksincha...

    Foto: Madina Nurmanova
    Qiy-chuv, toʻpolon boʻlardi. Qanchadan-qancha koʻz yoshlar toʻkilardi. Talaba boʻlganlar quvonchidan, omadi kelmaganlar alamidan yigʻlardi.

    Joriy yilda abituriyentlarning natijalari internet orqali hali yakuniy javoblar chiqmasidan eʼlon qilinayotganini hisobga olsak, bunaqa hissiyotlarni boshqa koʻrmasak kerak.
    Xushnudbek Xudoyberdiyev

    Manba: Xabar.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Mandatga oz qoldi, yaqin kunlarda yakuniy javoblar eʼlon qilinadi