13:13 / 19.08.2019
3 961

Samarqandda YPX xodimi haydovchining telefonini tortib oldi. Bu qonuniymi?

Samarqandda YPX xodimi haydovchining telefonini tortib oldi. Bu qonuniymi?
Feysbuk tarmogʻidagi guruhlardan birida Samarqandda YPX xodimi va haydovchi oʻrtasidagi tortishuv videosi tarqaldi. Unda maʼlum boʻlishicha xodim haydovchining telefonini tortib olgan.

Bunga qonunchilik nima deydi? Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi masalaga izoh berdi.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi 975-son Yoʻl-patrul xizmati xodimlarining yoʻl harakati qatnashchilari bilan oʻzaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 18-bandiga asosan haydovchi, yoʻlovchi va piyodalar YPX xodimi bilan oʻzaro munosabatini oʻziga tegishli audio, foto va video qurilmaga qayd qilish huquqiga ega.

Foto va video tasvirga olish faqat taqiqlangan belgi mavjud boʻlgan hududda mumkin emas.
Bundan tashqari, haydovchi, yoʻlovchi va piyodalar quyidagi huquqlarga ega:
- YPX xodimi tomonidan toʻxtatish asoslarini, qoidalarning qaysi bandi (bandlari)ni buzganligi toʻgʻrisida tushuntirish berilishini talab qilish;
- transport vositasini toʻxtatgan YPX xodimidan oʻzini tanishtirishini, xizmat guvohnomasini koʻrsatishini va koʻkrak nishon belgisini maʼlum qilishini talab qilish;
- xizmatni mobil videokamerasiz olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik;
- mazkur Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan hollardan tashqari transport vositasi kabinasidan chiqmasdan, YPX xodimi bilan oʻzaro munosabatga kirishish;
- sodir etgan qoidabuzarligi qayd etilgan maxsus moslama natijalari bilan tanishish;
- huquqbuzarlik holatini aniqlashda foydalanilgan maxsus vositalarning qiyoslash sertifikatlarini koʻrsatishni talab qilish;
- huquqbuzarlik holati yuzasidan tushuntirishlar berish;
- asossiz toʻxtatib turilmasligini talab qilish;
- YPX xodimi tomonidan transport vositasini yoki undagi yukni tashqi koʻzdan kechirish jarayonida ishtirok etish;
- oʻzi toʻxtatilgan hududda YPX xodimi xizmat olib borishi mumkinligi haqidagi dislokatsiya koʻchirmasi bilan shu joyning oʻzida tanishish yoki maxsus tadbirlar oʻtkazilayotganligi haqida MADX — ADXdan maʼlumot olish;
- huquqbuzarlik toʻgʻrisida maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilganidan soʻng YPX xodimining dislokatsiyasi saqlanayotgan saf boʻlimi (boʻlinmasi) boshligʻidan dislokatsiya haqida yozma maʼlumot berishni talab qilish;
- oʻziga nisbatan rasmiylashtirilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish hujjatlari bilan tanishish, ulardan oʻz hisobidan nusxa koʻchirish yoki ularni fotosuratga olish;
- YPX xodimining harakatlari yoki harakatsizligi, rasmiylashtirilgan huquqbuzarlik toʻgʻrisida maʼmuriy bayonnoma hamda chiqarilgan qaror ustidan yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs)ga yoki sudga shikoyat qilish;
- oʻzi guvohi boʻlgan hodisa haqida YPX xodimiga haqqoniy maʼlumotni bayon qilish.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda YPX xodimi haydovchining telefonini tortib oldi. Bu qonuniymi?