15:20 / 19.08.2019
3 692

Qo‘qonda tadbirkor uyidan uning xotini va haydovchisi 5 milliard so‘mdan ortiq pullarni o‘g‘irladi

Qo‘qonda tadbirkor uyidan uning xotini va haydovchisi 5 milliard so‘mdan ortiq pullarni o‘g‘irladi
Foto: Google Images
Qo‘qonda yog‘och, shakar, shirinliklar savdosi bilan shug‘ullanadigan tadbirkor I.I.ga nisbatan sodir etilgan o‘g‘irlik jinoyatida tadbirkorning o‘z xotini, Z.I., uning haydovchisi O.I., xotinining dugonasi va dugonasining turmush o‘rtog‘i A.D. va R.U. hamda Qo‘qon shahrida mashhur bo‘lgan folbin M.A.ga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

«Jahon.uz» axborot portalining ixtiyorida mavjud bo‘lgan voqealarga doir rasmiy hujjatda, Z.I. (xotini) turmush o‘rtog‘i I.I.(eri)ning unga nisbatan munosabati o‘zgarib, boshqa ayollar bilan gaplashib yurganidan rashk qilib, uni jazolash maqsadida, turmush o‘rtog‘i va uning yaqin qarindoshlariga tegishli bo‘lgan pullarini o‘g‘irlik yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoiy rejasini tuzgan.

Shu maqsadda turmush o‘rtog‘i I.I.ning pullar saqlanadigan temir seyf kalitini yashirincha qo‘lga kiritib, qiymati 283 532 200 so‘mni tashkil qilgan 35 000 dollar pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflagan.

Z.I. turmush o‘rtog‘i I.I. bilan oilaviy munosabatlari sababli o‘zaro kelisholmay o‘z ota uyiga ketib qolib, shu yerda yashab yurgan vaqtda avvalari oilasiga haydovchilik qilgan I.O. bilan gaplashib, u bilan yaqin munosabatda bo‘lgan. Unga turmush o‘rtog‘i I.I.ning yotoqxonasidagi juda ko‘p miqdorda pullar saqlanadigan seyfning kalit nusxasini bergan.

I.O. esa berilgan kalit yordamida seyfni ochib, uning ichidan I.I. va uning yaqin qarindoshlariga tegishli qiymati 5 milliard 508 million 625 ming 609 so‘mni tashkil qilgan 680 000 dollar pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan. Shundan so‘ng I.O. va Z.I. jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan pullarni o‘rtada taqsimlab, o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflagan.

Ayblanuvchilarga Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandi va 243-moddasi va 168-moddasi tartibida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘qonda tadbirkor uyidan uning xotini va haydovchisi 5 milliard so‘mdan ortiq pullarni o‘g‘irladi