22:13 / 19.08.2019
4 053

Farg‘onada YTHga uchragan avtomobillar «paradi» bo‘lib o‘tdi (foto)

Farg‘onada YTHga uchragan avtomobillar «paradi» bo‘lib o‘tdi (foto)
Foto: Farg‘ona viloyati IIB YHXB
Farg‘ona viloyatining 12 ta tuman va shaharlarida Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan yo‘l-transport hodisasiga uchragan avtomobillar «paradi» uyushtirildi.

Farg‘ona viloyati IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu tadbir «Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibot kuni» va «Avtomobilsiz kun» aksiyalari doirasida haydovchi va piyodalar hushyorligini oshirish, ularni yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishga chaqirish maqsadida o‘tkazilgan.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB YHXB

Foto: Farg‘ona viloyati IIB YHXB
Viloyatning barcha shahar-tumanlarida «Targ‘ibot avtokarvonlari» tashkil etilib, odamlarga yo‘l-transport hodisalari qanday mudhish oqibatlarga olib kelishi tushuntirilgan.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB YHXB

Foto: Farg‘ona viloyati IIB YHXB
— Yo‘l-transport hodisasiga uchragan har bir mashina qaysidir holatga bag‘ishlangan. Mashinalarda jarohatlangan va hatto «halok bo‘lgan» haydovchilarni ham ko‘rish mumkin, — deyiladi Farg‘ona viloyati IIB YHXB xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada YTHga uchragan avtomobillar «paradi» bo‘lib o‘tdi (foto)