06:00 / 20.08.2019
3 092

Toshkentda maktablarni ta’mirlash uchun 800 milliard so‘m ajratildi

Toshkentda maktablarni ta’mirlash uchun 800 milliard so‘m ajratildi
Toshkent shahrida yangi maktablar qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash hamda jihozlash uchun 800 mlrd. so‘m mablag‘ ajratiladi, deb xabar qilmoqda Xalq ta’limi vazirligi.

Ushbu mablag‘lar Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri umumta’lim maktablari faoliyatini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan ajratiladi.

Qarorda aytilishiga ko‘ra belgilangan summaning 400 mlrd. so‘mi 2019 yilda ajratiladi. Ushbu mablag‘ evaziga poytaxtda 10 ta maktab rekonstruksiya qilinadi va 40ta maktab ta’mirlanadi va qayta jihzlanadi. Ayni damda ularning ro‘yxati ham tasdiqlangan.

2020 yilda ham umumta’lim muassasalarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash hamda jihozlash uchun yana 400,0 mlrd so‘m ajratish rejalashtirilgan.

Ayni damda Toshkent shahri maktablarida o‘quvchilarga joy yetishmasligi va ular navbatga turib o‘qishga majbur bo‘lish holatlari kuzatilmoqda. Xususan, 2019-2020 yillarda 2018-2019 o‘quv yilida Toshkent shahrining 309 004 nafar o‘quvchi o‘rniga ega 303 ta umumta’lim maktabida jami 409 703 nafar o‘quvchi tahsil olgani holda o‘rtacha navbatlilik darajasi 1,4 %ni tashkil etgan.

Undan tashqari 2019-2020 o‘quv yili 1-sinflariga keladigan o‘quvchilar soni 450 ming nafarga yetadi. Natijada umumta’lim maktablarida qo‘shimcha 140 ming o‘quvchi o‘rniga ehtiyoj yuzaga keladi.

2019 yil 1 sentyabrdan boshlab qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ilg‘or mamlakatlar tajribasini inobatga olgan holda, zamonaviy hamda xalqaro standartlarga javob beradigan talablar asosida ishlab chiqilandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda maktablarni ta’mirlash uchun 800 milliard so‘m ajratildi