07:23 / 20.08.2019
3 697

Navoiyda haydovchining mast holdagi otasi inspektorni do‘pposladi

Navoiyda haydovchining mast holdagi otasi inspektorni do‘pposladi
Navoiy viloyatida haydovchining mast holdagi otasi inspektorni do‘pposladi. IIV xabariga ko‘ra, 17 avgust kuni Navoiy viloyati IIB YHXB inspektori Navoiy shahar, I.Karimov ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelgan, davlat raqam belgisi 85 971 SAA bo‘lgan “Kobalt” rusumli avtomashinani piyodaga yo‘l bermaganligi uchun to‘xtatib, haydovchidan avtomashinani boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarini taqdim etishini so‘ragan, ammo haydovchi J.S. mazkur avtomashinani boshqarish huquqini beruvchi tegishli hujjatlari bo‘lmagan.

Shu sababli, inspektor qonuniy tartibda haydovchi J.S.ga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, avtomashinani Navoiy shahridagi jarima maydonchasiga olib kelgan.

Bundan xabar topgan haydovchi J.S.ning 44 yoshli otasi A.H. jarima maydonchasiga mast holatda kelib, inspektor tomonidan avtomashina jarima maydonchasiga qo‘yilishiga faol qarshilik ko‘rsatgan.

“So‘ng uni haqoratlab, unga qo‘l ko‘targan va tan jarohati yetkazgan. Natijada jiddiy jarohat olib, RShTYoIM Navoiy filialiga olib borilgan. Hozirda unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda haydovchining mast holdagi otasi inspektorni do‘pposladi