17:14 / 20.08.2019
2 248

O‘zbekiston Rossiyadan yana beshta elektrovoz sotib oladi

O‘zbekiston Rossiyadan yana beshta elektrovoz sotib oladi
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning lokomotiv parki joriy yil oxiriga qadar 3ta, 2020 yilning birinchi choragida yana 2ta 3ES5K elektrovozlari bilan to‘ldiriladi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» xabariga ko‘ra, aksiyadorlik jamiyatiga investitsiyaviy loyihalar dasturiga ko‘ra, joriy yil boshida Rossiya davlatidan 2 dona 3ES5K rusumli yangi elektrovozlar keltirilgan edi. Ish faoliyati davomida mazkur elektrovoz mutaxassislar tomonidan muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi. Shu bois, asosan yuk tortish uchun mo‘ljallangan lokomotivdan yana 5ta olib kelish bo‘yicha shartnoma imzolangan.

Zamonaviy yuk elektrovozi 1520 mm temir yo‘llarda yurish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 3ta seksiyadan iborat. Har bir seksiyada 4ta g‘ildirak juftligi o‘rnatilgan. Elektrovozning tortish kuchi soatiga 9840 kVt tashkil etgan bo‘lsa, Xitoydan keltirilgan 1 ta seksiyali «O‘zbekiston» elektrovozining tortish kuchi soatiga 6000 kVt edi. Mazkur lokomotiv boshqalarga nisbatan juda katta kuchga ega. Shuningdek, bir soatlik minimal yurish tezligi 49,9 km/s ni tashkil etadi. Eng yuqori yurish tezligi 110 km/s. Elektrovoz qishning izg‘irin sovug‘ida ham, yozning jaziramasida ham yurishga mo‘ljallangan. Lokomotiv kabinasi barcha to‘liq kompyuterlashtirilgan bo‘lib, mashinist uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston Rossiyadan yana beshta elektrovoz sotib oladi