16:43 / 21.08.2019
2 773

Moliya vazirligi: “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilishdagi moliyaviy qonunbuzarliklar aniqlandi”

Moliya vazirligi: “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilishdagi moliyaviy qonunbuzarliklar aniqlandi”
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-oktyabrdagi 799-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish tartibi tOʻgʻrisida nizom” talablari asosida haq toʻlanadigan jamoat ishlari uchun ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi yuzasidan nazorat ishlari olib borilmoqda.

Moliya vazirligining maʼlum qilishicha, joylarda jamoat ishlarini tashkil etishda ayrim Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasidan ajratilgan mablagʻlarni maqsadli sarflanishida qonun buzilish holatlariga yoʻl qoʻyilayotganligi aniqlandi.

Misol uchun, Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumani ABKM tomonidan Jamgʻarmadan jamoat ishlari uchun ajratilgan 73 mln. soʻm miqdoridagi mablagʻlar asossiz sarflab yuborilgan, jumladan:

“Shoʻrchi uy-joy mulkdorlari” shirkati raisi Nizom talablariga zid ravishda 30 nafar fuqarolarning pasport nusxalarini olib, ular bilan mehnat shartnomasi tuzmasdan jamoat ishlariga jalb qilgan va 2018-yilning aprel-iyun oylarida jamoat ishlarida ishlaganliklari toʻgʻrisida soxta hujjatlarni rasmiylashtirgan. Shoʻrchi tuman ABKMga taqdim etilgan ushbu soxta hujjatlar va buyurtmanomaga asosan shirkatning hisobraqamiga Oʻtkazilgan 38,7 mln. soʻm Jamgʻarma mablagʻlari bank tomonidan shirkatning bankdan olgan kreditini qoplashga yoʻnaltirilgan. Shirkat tomonidan taqdim etilgan ish haqi hisoblash tabellarida nomlari qayd etilgan 30 nafar fuqarolar uy-joy shirkatida umuman ishlamaganligini va oylik ish haqlari olmaganligini maʼlum qilishgan.

Bundan tashqari, ushbu shirkat raisi “House building” MCHJ rahbari bilan kelishgan holda Nizom talablariga zid ravishda yuqorida qayd qilingan 30 nafar fuqarolar ular bilan mehnat shartnomasi tuzmasdan ularni 2018-yil avgust-sentyabr oylarida jamoat ishlariga jalb qilinganligi haqida yana soxta hujjatlar rasmiylashtirgan.

Ushbu rasmiylashtirilgan soxta hujjatlarga asosan ABKM tomonidan 27,6 mln.soʻm miqdoridagi Jamgʻarma mablagʻi “House building” MCHJga oʻtkazib berilgan.

“House building” MCHJ tomonidan ushbu oʻtkazilgan mablagʻdan shirkat raisining plastik kartasiga 8,7 mln. soʻm va shirkat hisobchisining plastik kartasiga 16,4 mln.soʻm oʻtkazib berilgan.

Nazorat tadbiri natijasida mablagʻlarning noqonuniy sarflanishi aniqlangan holatlar toʻgʻrisidagi hujjatlar huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Moliya vazirligi: “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilishdagi moliyaviy qonunbuzarliklar aniqlandi”