00:20 / 22.08.2019
3 618

Atamboyevning hamqishloqlari Qirgʻiziston prezidentiga murojaat bilan chiqdi

Atamboyevning hamqishloqlari Qirgʻiziston prezidentiga murojaat bilan chiqdi
7-8-avgust kunlari Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning tarafdorlari va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari oʻrtasida toʻqnashuvlar sodir boʻlgan Arashan va Qoʻy-Tosh qishloqlari aholisi mamlakat prezidentiga murojaat bilan chiqdi.

“Hozirda bizning farzandlarimizni taʼqib qilishmoqda, ularga tahdid qilishyapti, ularga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatishyapti”, - deyiladi murojaatda.

Unda qayd etilishicha, Atamboyevni qishloqdoshlari “vijdon amri bilan” himoya qilishgan.

"7-avgust kuni Atamboyevning hovlisida bizning farzandlarimizga hech qanday ogohlantirishlarsiz niqobli maxsus kuchlar hujum qilgan, barchani, jumladan qariyalar va ayollarni doʻpposlay boshlashgan. Qonunda fuqarolar jumladan maxsus kuchlarning noqonuniy harakatlaridan oʻzlarini himoya qilish huquqiga egaligi aytilgan. Va biz bu huquqdan foydalandik“, - deyiladi murojaatda.

Murojaatda qayd etilishicha, ”fojiali voqealarda har ikki tomon aybdor. Maxsus kuchlar va militsiyani mutlaqo keraksiz va jinoiy operatsiyaga yoʻllaganlarning javobgarligi haqidagi masala esa kun tartibidan umuman oʻrin olmagan".

7-8-avgust kunlari Qoʻy-Tosh qishlogʻida Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevni qoʻlga olish boʻyicha operatsiya qattiq qarshilikka uchradi. Atamboyev ertasi kuni taslim boʻldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Atamboyevning hamqishloqlari Qirgʻiziston prezidentiga murojaat bilan chiqdi