Andijon. Shifokorga tajovuz qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

  • 22 avgust 2019, 15:17
  • 1 045
  • Jamiyat
  • Andijon. Shifokorga tajovuz qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
    Andijon viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi shifokoriga tajovuz qilindi. Tajovuz qilgan shaxs shu joyda davolanayotgan bemor ayolning oʻgʻli ekani aytilmoqda. Uning bunday xatti-harakati onasining muolajasi bilan bogʻliq boʻlishi ehtimoli katta.

    Shifokorga nisbatan tajovuz sodir etilganini Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ham tasdiqladi. Unga koʻra, 21-avgust kuni soat 12-00larda fuqaro A.F. Andijon viloyati kup tarmokli tibbiy markazining boʻlim mudiri Sh.B. xonasiga kirib, uni boʻgʻib, qoʻllarini bogʻlab, oʻldirish bilan qoʻrqitadi. Shuningdek, oʻzi bilan olib kirgan 1 dona 1,5 litr hajmdagi yelim idishda boʻlgan tez yonuvchi benzin yoqilgʻisini xonaga sepib, atrofdagilarga xavfli usulda qasddan mulkka shikast yetkazmoqchi boʻlganda boʻlimning boshqa shifokorlari tomonidan toʻxtatib qolingani natijasida harakatlarini oxiriga yetkaza olmaydi.

    Mazkur holat yuzasidan 22.08.2019-yil kuni Andijon shaxar IIB TB tomonidan JK 112-moddasi 1-kismi va 25, 173-moddasi 2-kismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

    Tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Andijon. Shifokorga tajovuz qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi