18:00 / 22.08.2019
3 938

Turkiyada ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi vafot etdi

Turkiyada ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi vafot etdi
Foto: “TASS”
Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi bergan maʼlumotga koʻra “Gaziosmanpaşa Eğitim ve Araştırma Hastenesi” tibbiyot muassasasida uzoq vaqt qandli diabetdan aziyat chekkan Oʻzbekiston fuqarosi Sh.T. 21-avgust kuni vafot etdi, deb xabar berdi Daryo sayti.

18-avgust kuni Chanakkale viloyatidagi davlat kasalxonasida avgust oyi boshida yoʻl-transport hodisasi natijasida mazkur muassasaga joylashtirgan Oʻzbekiston fuqarosi U.M. vafot etdi.

«Bosh konsulxona ushbu vaziyatlarni nazoratga olgan va hamyurtlarimizning jasadlarini dafn etish uchun vatanga joʻnatish borasida marhumlarning qarindoshlariga tegishli konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam koʻrsatmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga taʼziya bildiradi hamda Turkiya, Bolgariya, Ruminiya hududida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolariga ular zarur holatlarda Istanbul shahridagi Bosh konsulxonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib oʻtadi: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75», — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Turkiyada ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi vafot etdi