19:30 / 23.08.2019
3 463

Shavkat Mirziyoyev: "O‘zbekiston sharoitida jamiyatdagi eng hurmatli inson — muallim"

Shavkat Mirziyoyev: "O‘zbekiston sharoitida jamiyatdagi eng hurmatli inson — muallim"
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeyini oshirish yuzasidan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Davlat rahbariga ko‘ra, mamlakatda o‘tgan 3 yilda 157 ta umumta’lim maktabi yangidan barpo etildi. O‘quvchilar soni 5 822 000, o‘qituvchilar esa 443 000 nafarni tashkil etmoqda. Shundan 70 foizi ayollar. So‘nggi yillarda 13 000 nafar erkak o‘qituvchi maktablarga qaytdi.

Prezident qayd etganidek, «Maktab o‘zgarmasa, jamiyat o‘zgarmaydi. Bu — aksioma. Buni inkor qilib bo‘lmaydi».
— O‘zbekiston sharoitida jamiyatdagi eng hurmatli inson — muallim. Vazirlar, prokurorlar ham endi maktablarda o‘z sohasi bo‘yicha dars beradi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: "O‘zbekiston sharoitida jamiyatdagi eng hurmatli inson — muallim"