Bugun, 23 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Davlat test markazi oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinishi haqida xabarlar tarqaldi. Biroq hamon mandat chiqqani yo‘q.
Davlat test markazi vakilining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, qoidaga ko‘ra mandat haqiqatda bugun (test imtihonlari tugaganidan keyin bir hafta o‘tib) chiqishi kerak. Ammo, DTM xodimi hali ham test natijalarining qachon e’lon qilinishi haqida aniq ma’lumotga ega emasligini bildirdi.
E’tiborlisi, bugun davlat test markazining rasmiy veb-saytida profilaktika ishlari amalga oshirilayotgani e’lon qilindi. Shu munosabat bilan rasmiy veb-saytda vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkinligi bildirilgan. Bu bevosita test natijalari e’lon qilinishi oldidan tayyorgarlik bo‘lishi ehtimoldan holi emas.
Saytimizni va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring, mandat e’lon qilinishi bilan bu haqda sizga birinchilardan bo‘lib xabar beramiz. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi