07:30 / 24.08.2019
8 265

Jaloliddin Manguberdining qabri qayerda?

Jaloliddin Manguberdining qabri qayerda?
Foto: Google Images
Tadqiqotchilar buni o‘rganish va buyuk sarkarda hokini O‘zbekistonga olib kelishga kirishdi. Bu haqda Respublika Ma’naviyat va marifat markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Avgust oyida Xorazm viloyatida o‘tkazilgan «Ma’naviyat festivali»da Respublika Ma’naviyat va marifat markazi Xorazm viloyati rahbari B.Abdirimov OAVlari bilan bo‘lgan matbuot anjumanida shunday dedi:

«Biz Turkiya davlati bilan hamkorlikda bir yirik loyihani amalga oshirish arafasida turibmiz. O‘zbek elining milliy qahramoni Jaloliddin Manguberdi qabrini O‘zbekistonga olib kelish, davlatchiligimizning Turkiya tarixchilari nazaridagi ma’lumotlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Biz o‘z tariximiz va turk tarixchilari manbalarini omixtalagan holda yangi tarix sahifalarini ochish niyatidamiz. Shu orqali tariximizni yangi bosichda o‘rganish ishlarini olib bormoqdamiz. Albatta, bu loyihamiz millatimizda vatanparvarlik g‘oyalarini o‘stirishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi».

Foto:Ma’naviyat va marifat markazi
Mazkur fikrlar ishtirokchilarda alohida qiziqish uyg‘otdi. Bundan tashqari «Ma’naviyat festivali» doirasida ichki turizmni rivojlantirish borasida «Ma’rifat tur»loyihasi, «Jamiyat tariqiyotining asosi — ma’naviyatdir» ilmiy-amaliy konfrensiyasi, «Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi» ko‘rik tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi.

Foto:Ma’naviyat va marifat markazi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jaloliddin Manguberdining qabri qayerda?