Foto: «Fishki»
Shirin bulg‘ori yoki garmdori odatda qizil, sariq yoki yashil rangda bo‘ladi. Biroq tabiatda qo‘ng‘ir va binafsha ranglilari ham uchraydi. Bulg‘orilarning rang-barangligi nimani anglatadi?
Bulg‘ori texnik va biologik yo‘l bilan pishadi. Birinchi holatda — meva yetarlicha yetilmaydi, lekin iste’molga yaroqli bo‘ladi. Mazkur bosqichda u yashil, och gunafsha va to‘q binafsha rangda bo‘lishi mumkin. To‘liq pishganda mevaning bu navlari qizil tusga kiradi — bunday bulg‘ori biologik pishgan sanaladi. Oxirida u shokolad-qo‘ng‘ir rangga kiradi.
Foto: «Fishki»
Bulg‘ori rangi u yoki bu pigment borligiga bevosita bog‘liq. Mazkur mahsulotni likopin qizil, beta-karotin sariq, xlorofill yashil, antotsianlar binafsha rangga bo‘yaydi. Diqqatga molik jihati shundaki, tabiiy pigmentlar bulg‘ori hatto uzoq muddat saqlanganda ham parchalanmaydi, aynan ularning ko‘p miqdorda bo‘lishi mahsulotni foydali qiladi. Tarkibida S vitamini ko‘pligi bo‘yicha bulg‘ori limon va qora smorodinadan, A vitamini bo‘yicha esa sabzidan qolishmaydi. Bundan tashqari, bulg‘ori tarkibida magniy, yod, rux, kalsiy, kaliy, fosfor, temir hamda odam salomatligi uchun boshqa foydali elementlar mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi