08:51 / 24.08.2019
5 571

Abituriyentlarning test natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlarning test natijalari e’lon qilindi
2019/2020 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi.

Davlat test markazi xabariga ko‘ra, tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin.

Abituriyentning shaxsiy kabinet orqali:
Davlat test markazining rasmiy veb-saytida har bir abituriyent uchun shaxsiy kabinet yaratilgan bo‘lib, abituriyentlar shaxsiy kabinet orqali tanlov natijalarini bilishi mumkin.

Buning uchun cabinet.dtm.uz saytiga pasport seriyasi va raqamini yoki abituriyent ID’sini kiritish kerak.

SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga abituriyent ID’sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.
Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi.

Test natijalari qaydnomasi orqali:
Natijalar e’lon qilingandan so‘ng test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga borgan holda qaydnomadan tanlov natijalarini ko‘rishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Abituriyentlarning test natijalari e’lon qilindi