4 498
Muddatli harbiy xizmatga chaqiruv vaqtini o‘zgartirish haqidagi qonun Senat tasdig‘idan o‘tdi
O‘zbekistonda muddatli harbiy xizmatga chaqiruv bahorning mart-aprel oylariga o‘tkazilishi kutilmoqda.
Bugun, 23 avgust kuni Senat yalpi majlisida mazkur o‘zgarishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasi ma’qullandi.
Mazkur o‘zgarish – chaqiruv tadbirlarining qish davrida o‘tkazilishi qator qiyinchiliklar va sarf-xarajatlarning ortishiga olib kelayotgani bilan izohlangan.
Shuningdek, yangi qonunda oliy ta’lim muassasalaridagi ta’limning kunduzgi va kechki shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘z roziligi bilan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati (“bir oylik armiya”)ga olinishi mumkinligi, bunda talabalar bir oylik harbiy yig‘inlarni o‘tashga iyul-avgustda jalb etilishi ham nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, qonun asosida chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash ishlari O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining o‘quv muassasalarida emas, balki Mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi markazlarda amalga oshirilishi belgilanmoqda.
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonunga yuqorida aytilgan o‘zgarishlar kiritilishi uchun bugun senatorlar tasdig‘idan o‘tgan qonun prezident tomonidan imzolanishi va rasman e’lon qilinishi lozim. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?