17:23 / 24.08.2019
3 621

Prezident topshirig‘i: barcha hokimlar maktablarga haftasiga kamida uch marotaba boradi va o‘zi dars beradi

Prezident topshirig‘i: barcha hokimlar maktablarga haftasiga kamida uch marotaba boradi va o‘zi dars beradi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 23 avgust kuni xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

«Tabiiy savol tug‘iladi - viloyat, shahar va tuman hokimlari bir oyda necha marotaba maktabga borib bolalar bilan uchrashuv o‘tkazyapti. Yoki bo‘layotgan o‘zgarishlar, islohotlar to‘g‘risida yosh avlodga dars beryapti?

Afsuski, shu zalda o‘tirgan viloyat hokimlari ham, joylardagi tuman va shahar hokimlari ham bu haqida hatto o‘ylab ham ko‘rmagan. Ular maktab masalasida nari borsa, yangi o‘quv yili boshlanishidan avval bir-ikki majlis o‘tkazish bilan cheklanadilar.

Nima uchun har kun fermer bilan, klaster bilan yoki mana endi tadbirkorlar bilan ham uchrashadi-yu, maktabga borib, o‘zining bolasi yoki nevarasi ustozidan yoki o‘zi ta’lim-tarbiya olgan maskandan umuman xabar olmaydi. Chunki maktabni yuzinchi darajali masala deb, nazar-pisand qilmaydi. O‘zicha o‘ta bandligini bahona qilib, maktabga borishga vaqt topa olmaydi. Bu o‘ta ma’naviyatsizlik va tubanlik emasmi?! Bu kelajakka nisbatan mas’uliyatsizlikdan boshqa narsa emas. Men o‘ylaymanki, bu - bizning eng katta fojiamizdir.

Shuning uchun Bosh vazir A.Aripovga barcha viloyat, tuman va shahar hokimlari hamda boshqa rahbarlarni maktablarga haftasiga kamida uch marotaba borishini va o‘zi dars berishini qoida sifatida joriy etish topshiriladi. Bundan tashqari, maktablarda «vazir soati», «tadbirkor va bankirlar sabog‘i» kabi dars amaliyotlarini joriy qilish lozim. Ularda ijro organlari rahbarlari, salohiyatli tadbirkorlar, malakali bank xodimlari dars o‘tishi kerak.

Shuningdek, diniy ulamolarimiz ham maktablarda ma’rifat, bag‘rikenglik, odob va axloq ilmlarini, Imom Buxoriy, Termiziy, Motrudiy, Naqshband kabi ulug‘ ajdodlarimiz ma’naviy merosini o‘rgatishi maqsadga muvofiq», - dedi davlatimiz rahbari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident topshirig‘i: barcha hokimlar maktablarga haftasiga kamida uch marotaba boradi va o‘zi dars beradi