10:33 / 25.08.2019
1 791

«Sharg‘unko‘mir»dagi ish tashlashdan keyin korxonaning 9 nafar rahbari ishdan ketdi

«Sharg‘unko‘mir»dagi ish tashlashdan keyin korxonaning 9 nafar rahbari ishdan ketdi
14−15 avgust kunlari Curxondaryo viloyatidagi «Sharg‘unko‘mir» korxonasining qariyb 200 nafar konchisi ish tashlagani haqida xabarlar tarqaldi. Norozilik aksiyasiga og‘ir mehnat sharoitlari va korxona rahbariyatining noqonuniy xatti-harakatlari sabab bo‘lgani bildirilgan. Mazkur holat yuzasidan «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ rasmiy bayonot berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu holat bo‘yicha maxsus ishchi guruh tashkil etilgan. «O‘zbekko‘mir» AJ bosh direktori o‘rinbosari rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan «Sharg‘unko‘mir» AJ korxonasida ishlab chiqarish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilgan. Tushunmovchiliklar yuzasidan barcha ishchi-xizmatchilarga to‘liq ma’lumot berilgan, jumladan, xodimlarga oylik maoshlari belgilanish tartibi, mukofot pullari haqida ham tushuntirish ishlari olib borilgan. Shundan so‘ng xodimlar yana o‘z joylarida ishlarini davom ettirishgan.

«Maxsus komissiya norozilik holatlarini atroflicha o‘rganib chiqdi. Natijada 9 nafar mansabdor shaxs o‘z lavozimidan ozod etildi. Mazkur korxonada ishchi-xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar, iqtisodiy-ijtimoiy holatni to‘liq o‘rganish maqsadida ishchi guruh mutaxassislari «Sharg‘unko‘mir» AJda o‘z ishini davom ettirmoqda.

Ma’lumot uchun, korxonada o‘rtacha ish haqi miqdori 2 343 ming so‘mni tashkil etadi. Jumladan, asosiy faoliyat bilan shug‘ullanadigan kasb egalari bo‘yicha:

Ko‘mir qazib olish kon ishchisi — 3 800 ming so‘m;
Yer osti elektr chilangari — 2 100 ming so‘m;
Yer osti mustahkamlovchisi — 2 490 ming so‘m.

Korxona ishchilarini ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga bog‘langan holda mukofotlash nizomlari ishlab chiqilib, tasdiqlangan. Bajaradigan ishlari bo‘yicha xronometraj kuzatuvlar asosida tannarxlar belgilangan.

2019 yil 1 avgust holatiga jamiyatda tasdiqlangan shtat jadvali bo‘yicha ish o‘rni 596ta bo‘lib, amalda xodimlar soni 542 kishini tashkil etmoqda. Bugungi kunda 54ta (jumladan, direksiya 21ta, «Sharg‘unkumir» AJ bo‘yicha 33ta) vakant ish o‘rni mavjud», deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Sharg‘unko‘mir»dagi ish tashlashdan keyin korxonaning 9 nafar rahbari ishdan ketdi