12:50 / 25.08.2019
2 192

Qarzdorning mulki xatlangandan keyin qarzini to‘ladi

Qarzdorning mulki xatlangandan keyin qarzini to‘ladi
Qo‘ng‘irot tumanlararo iqtisodiy sudining 2019 yil 1 may kungi qaroriga asosan qarzdor “XO‘JAYLI YoShLARI” MChJ. hisobidan undiruvchi “ShAXZOD NUKUS” MChJ foydasiga 66 176 486 so‘m undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Xo‘jayli tumani bo‘limiga joriy yilning 17 may kuni kelib tushadi va shu kunning o‘zida ijro ishi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

Qarzdorga tegishli ravishda sud qarorini 15 kunlik muddatda bajarilishi yuzasidan muddat beriladi va bajarilmagan taqdirda qonunda ko‘rsatilgan huquqiy choralar qo‘llanilishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantiriladi.

Lekin, qarzdorlik o‘z muddatida to‘lanmaganligi sababli, Byuro xodimlari tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdorning bank hisob raqamlariga inkasso qo‘yilib hisobi harakatsiz qolidiriladi hamda jamiyatga tegishli bo‘lgan 2 qavatli ma’muriy binosi xatlovga olinib, baxolashga topshiriladi.

Shundan keyin, qarzdor 18 iyul kuni qarorda ko‘rsatilgan 66 176 486 so‘mni undiruvchi “ShAXZOD NUKUS” MChJ. foydasiga naqd pul ko‘rinishida to‘lab berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdorning mulki xatlangandan keyin qarzini to‘ladi