18:18 / 25.08.2019
2 691

Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi: «2020 yilda vizasiz rejimga ega mamlakatlar soni 85taga yetadi»

Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi: «2020 yilda vizasiz rejimga ega mamlakatlar soni 85taga yetadi»
23-24 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan Senatning 21-yalpi majlisida turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil davomida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Abdulaziz Oqqulovning ma’lumot berishicha, 2020 yil 1 yanvarga qadar fuqarolari uchun vizasiz rejim tatbiq etiladigan davlatlar soni 85 taga yetadi.

«Turizmni rivojlantirishdagi asosiy omillardan biri iqtisodiy barqaror, xavfsiz mamlakatlar fuqarolari uchun viza rejimini liberallashtirish hisoblanadi. 2018 yilda 9ta mamlakat fuqarolari uchun O‘zbekistonga viza rejimi bekor qilingan bo‘lsa, 2019 yil davomida qo‘shimcha tarzda yana 47ta mamlakat fuqarolariga vizasiz rejim tatbiq etildi va bunday davlatlarning umumiy soni 65taga yetdi. Fuqarolari elektron viza olishi mumkin bo‘lgan davlatlar soni esa 77taga yetkazildi. Ikki va ko‘p martali viza olish rejimi ham joriy etildi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, joriy yilning o‘tgan 7 oyida vizasiz rejimli mamlakatlardan tashrif buyuruvchilar soni 58 foizga ortganini ko‘rish mumkin», ─ deydi Oqqulov.

Qo‘mita raisining bayonotiga ko‘ra, 2019 yil avvalidan hozirgacha bo‘lgan muddatda O‘zbekistonga 3 mln 700 ming xorijiy sayyoh tashrif buyurgan. Ularga 711 mln dollar qiymatidagi turistik xizmatlar ko‘rsatilgan. Joriy yil yakuniga qadar umumiy hisobda 6 mln nafardan ortiq sayyoh tashrifi kutilmoqda, prognozga ko‘ra 1 mlrd 301 mln dollar qiymatida turistik xizmatlar eksport qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi: «2020 yilda vizasiz rejimga ega mamlakatlar soni 85taga yetadi»