06:00 / 26.08.2019
2 724

UNESCO bosh direktori Samarqandga keldi (foto)

UNESCO bosh direktori Samarqandga keldi (foto)
26 avgust, dushanba kuni Samarqand shahrida «Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash: dolzarb muammolari va ularni hal qilish strategiyasi» mavzusida xalqaro konferensiya hamda «Sharq taronalari» o‘n ikkinchi xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimi o‘tkaziladi, deb xabar berdi Zarnews.

Mazkur tadbirlarda ishtirok etish uchun 25 avgust kuni Samarqandga BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (UNESCO) bosh direktori Odri Azule xonim tashrif buyurdi.

Yuqori martabali mehmonni «Samarqand» xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov kutib oldi.

UNESCO BMTning 17 ta ixtisoslashgan muassasasidan biri bo‘lib, 1945 yil 16 noyabrda tuzilgan. Tashkilotning bosh qarorgohi Parij shahrida joylashgan. Bugungi kunda UNESCO’ga 195 mamlakat a’zo. O‘zbekiston tashkilotga 1993 yil 26 oktyabrda a’zo bo‘lgan.

O‘zbekiston bilan ushbu tashkilotning hamkorligi izchil rivojlanmoqda. O‘zbekiston UNESCO Ijroiya kengashi tarkibiga ikki marta saylangan.
Samarqandda ertaga o‘tkaziladigan xalqaro konferensiya hamda «Sharq taronalari» musiqa festivali ham UNESCO shafeligida tashkil etilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » UNESCO bosh direktori Samarqandga keldi (foto)