13:17 / 26.08.2019
2 680

Jizzaxda oliy taʼlim muassasalari filiallari ochilishi mumkin

Jizzaxda oliy taʼlim muassasalari filiallari ochilishi mumkin
Foto: OʻzA
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Jizzax viloyatida oliy oʻquv yurtlari filiallarini ochish haqida petitsiya eʼlon qilindi.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda Jizzax viloyati hududida Jizzax davlat pedagogika instituti hamda Jizzax davlat politexnika institutlari faoliyat yuritmoqda.

“Mening taklifim shuki, Jizzax viloyatida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Toshkent davlat kimyo texnologiyalari instituti filiallarining ochilishi – rivojlanib kelayotgan Jizzax viloyati ijtimoiy va iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga hamda viloyatni yosh mutaxassis kadrlar bilan taʼminlashga xizmat qiladi”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Bildirilishicha, Jizzax viloyati respublikaning markazida joylashganligi boshqa viloyat yoshlarining ham bu yerga kelib bilim olishiga qoʻshimcha qulayliklarni yaratadi.

“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Jizzax viloyatida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Toshkent davlat kimyo texnologiyalari instituti filiallarini tashkil qilishni taklif qilamiz”, - deyiladi petitsiyada.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda oliy taʼlim muassasalari filiallari ochilishi mumkin