20:00 / 27.08.2019
2 682

MIB tadbirkorning manfaatini himoya qildi

MIB tadbirkorning manfaatini himoya qildi
Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan “INTER FLEKS GROUP” mas’uliyati cheklangan jamiyatining murojaati o‘rganib chiqildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining qaroriga asosan qarzdor Xovrenko nomidagi “Samarqand vino kombinati” aksionerlik jamiyati hisobidan undiruvchi “INTER FLEKS GROUP” mas’uliyati cheklangan jamiyati foydasiga mablag‘larni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, qarzdor Xovrenko nomidagi “Samarqand vino kombinati” aksionerlik jamiyatining bankdagi asosiy va barcha qo‘shimcha hisob-raqamlariga band solingan.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor Xovrenko nomidagi Samarqand vino kombinati” aksionerlik jamiyatidan undirilmasdan qolgan 207 mln. 586 ming so‘m miqdordagi qarz pullari to‘liq undirilib, undiruvchi “INTER FLEKS GROUP” mas’uliyati cheklangan jamiyatining bankdagi hisob-raqamiga o‘tkazib berilgan.

Shundan so‘ng undiruvchi “INTER FLEKS GROUP” ma’suliyati cheklangan jamiyatining rahbariyati ushbu ijro hujjatida ko‘rsatilgan qarz pullarini to‘liq olganligi bildirib, ijro ishi yurituvini tamomlashni so‘ragan. Shunga asosan, ijro hujjati tamomlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB tadbirkorning manfaatini himoya qildi