14:02 / 28.08.2019
3 443

Bosh prokuratura: Qashqadaryoda MIB xodimlari do‘pposlandi (video)

Bosh prokuratura: Qashqadaryoda MIB xodimlari do‘pposlandi (video)
2019 yil 23 avgust kuni soat 17:30larda Qashqadaryo viloyati MIB Koson tuman bo‘limi davlat inspektorlari tumanning Quyibog‘ mahallasida yashovchi fuqaro J.Q.ning xonadoniga elektr energiyasidan foydalanish holatlarining qonuniyligini tekshirish uchun borgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, u yerda fuqaroning elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlanib, holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirayotganlarida, J.Q.ning ukasi S.Q. (1985 y.t.) aralashib, davlat inspektorlarini qo‘pol so‘zlar bilan haqoratlab, ularning tanasining turli qismlariga tan jarohatlari yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 27 avgust kuni tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuratura: Qashqadaryoda MIB xodimlari do‘pposlandi (video)