08:30 / 29.08.2019
3 455

Shahnoza Mirziyoyeva bolalarga ilk sertifikatlarni topshirdi

Shahnoza Mirziyoyeva bolalarga ilk sertifikatlarni topshirdi
27 avgust kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida boshlang‘ich ta’lim oldidan majburiy yillik maktabgacha tayyorlovdan o‘tgan bolalarga ilk guvohnomalarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Maktabgacha ta’lim vazirligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Shahnoza Mirziyoyeva va Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkatbek Ergashev ishtrok etdi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbekiston hukumat qaroriga asosan bolalarni maktabga bir yillik majburiy tayyorlash loyihasi boshlangandi. Tajribaning dastlabki bosqichi Qorakalpogiston Respublikasi, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahrida amalda tatbiq etilib, 11 ming nafar bolani qamrab oldi.

Dastur maktabgacha yoshdagi maktabgacha ta’lim muassasalariga bormagan bolalar uchun mo‘ljallangan. Loyiha "Ilk qadam" dasturining bir qismi sifatida amalga oshiriladi va maktabda bir yillik majburiy tayyorgarlikni talab qilmaydi.

Birinchi bosqich yakunidan so‘ng, vazirlik butun respublika bo‘ylab maktabgacha bir yillik tayyorgarlikni boshlaydi.

Maktabgacha talim tizimini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish 2020 yilda 85,2 foizni, 2021 yilda 100 foizni tashkil qilishi kerak. Toshkentda esa yil yakuniga qadar bu ko‘rsatkichni 100 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Kelgusida davlat tomonidan tasdiqlangan sertifikat mavjudligi birinchi sinflarga qabul qilish uchun muhim hisoblanadi. Hozirda ushbu masala Maktabgacha talim va Xalq ta’limi vazirligi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shahnoza Mirziyoyeva bolalarga ilk sertifikatlarni topshirdi