12:18 / 29.08.2019
3 789

Uyma-uy yurishning xosiyati (foto)

Uyma-uy yurishning xosiyati (foto)
Toshkent viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli viloyatning Bekobod shahrida bo‘lib o‘tdi. Bekobod shahri aholisi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar ko‘rish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda 40 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida ushbu hududdagi Buloq-ariq MFYda qad ko‘targan yangi 4-sektor shtab binosi ochilib, aholi ixtiyoriga topshirildi. Shundan so‘ng, Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i uyma-uy yurib, aholini yillar davomida qiynab kelayotgan muammolar bilan tanishdi. Yo‘llarni asfaltlash, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash kabi qator masalalar yuzasidan fikrlar almashildi

Sayyor uchrashuvda aholidan kelib tushgan 14 ta murojaatlarining aksariyati ishga joylashish, tadbirkorlik uchun yer ajratish, gaz, elektr va suv ta’minoti, qishloq xo‘jaligi, kredit, soliq sohasiga oid bo‘lib, ularning 7 tasi joyida ijobiy hal etildi. Yechilmay qolgan muammolar tegishliligi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga yuborildi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan murojaatlarni belgilangan tartibda hal etilishi va amaliy yordam ko‘rsatilishi yuzasidan 15 kun ichida shaxsan hisobot berish vazifasi bo‘yicha ham topshiriqlar berildi.
.
-Bekobod shahri Toshkent viloyatining eng chekka hududlaridan biridir, bugun 4-sektor rahbarining o‘zlari bizning xonadonimizga ham tashrif buyurdi-deydi, Tinchlik MFY 3-daxa, 2-uy, 3-xonadonda istiqomat qiluvchi Gulnoza Ashurova. Ular yashash tarzimiz bilan yaqindan tanishib, ishga joylashishim bilan bog‘liq muammoni hal qilib, berdilar. Shuningdek, oilamiz uchun mikroto‘lqinli pech ham sovg‘a qildilar. Fursatdan foydalanib, biz kabi ijtimoiy ko‘makka muxtoj aholi dardini eshitib, ularni bartaraf etishda jonbozlik ko‘rsatayotgan 4-sekor rahbari va mutasaddilarga minnatdorlik bildiraman

Sayyor qabulda Buloq-ariq MFY tor Istiqlol ko‘chasida yashovchi Sarviniso Xolmatova Istiqlol ko‘chasida yomg‘irli ob-havoda yo‘llarda suv to‘planib qolishi oqibatida aholi va avtomashinalarning harakatlanishiga qiyinchilik tug‘dirayotganligi masalasida murojaat qildi.

Toshkent viloyat davlat soliq boshqarma boshlig‘i, 4- sektor rahbari va Bekobod shahar DSI boshlig‘i tomonidan bu masalasida joyida o‘rganilib, ko‘chaga shu kunning o‘zida shag‘al to‘kilib, tekislandi.

Shuningdek, Salomatlik ko‘chasi 17-uy, 5-xonadonda yashovchi ijtimoiy ta’minotga muhtoj, nogironligi bo‘lgan Kim Aylitaning yashab turgan xonadoni va kirish yo‘laklarini 4-sektor ishchi guruhi tomonidan ta’mirlab berilayotganligini ham guvohi bo‘ldik.

Muxtasar aytganda, har bir murojaat ortida bir yoki bir necha kishining buzilgan haq-huquqini tiklash, adolatni qaror toptirish istagi, qiyin vaziyatdan chiqishda boshqalarning ko‘magiga muhtojlik yotadi. Bunday holatdagi odamlarga yordam berish, har bir kishining insoniy burchidir.
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy ahborot sho‘’basi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uyma-uy yurishning xosiyati (foto)