14:00 / 29.08.2019
4 689

Shavkat Mirziyoyev nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunni tasdiqladi

Shavkat Mirziyoyev nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunni tasdiqladi
Foto: Sputnik
O‘zbekistonda erkaklar va ayollar uchun nikoh yoshi tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Sputnik.
O‘zbekiston Prezidenti 28 avgust kuni «Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunni imzolagan edi. Hujjatga ko‘ra, nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilandi (hozirda ayollar uchun 17 yosh).

Ushbu qonun rasman e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. Qonunning nikoh yoshini belgilash to‘g‘risidagi bir qismi 2019 yilning 1 sentyabridan amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 18 avgust kuni nikoh yoshi ayollar uchun 18 yosh etib belgilash masalasi ko‘rib chiqilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunni tasdiqladi