11:00 / 30.08.2019
2 227

35 yoshli Aleksey Goncharuk Ukraina bosh vaziriga aylandi

35 yoshli Aleksey Goncharuk Ukraina bosh vaziriga aylandi
Foto: «Gazeta.ru»
Ukraina Oliy Radasi 35 yoshli Aleksey Goncharukni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Uning nomzodiga 290 nafar deputat ovoz berdi, deb xabar qiladi Daryo.

Goncharukni hukumat rahbari etib tayinlash taklifini Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bergan.

Shuningdek, deputatlar yangi mudofaa vazirini ham tayinladi — ushbu lavozimni Zelenskiyning shtatdan tashqari maslahatchisi Andrey Zagorodnyuk egalladi. Tashqi ishlar vaziri etib idora rahbarining sobiq o‘rinbosari Vadim Pristaylo tayinlangan bo‘lsa, «Xalq xizmatkori» partiyasining sobiq rahbari Ivan Bakanov Ukraina Xavfsizlik xizmati boshlig‘iga aylandi.

Avvalroq, Ukrainaning avvalgi bosh vaziri Vladimir Groysman o‘z xohishiga ko‘ra iste’foga chiqqan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 35 yoshli Aleksey Goncharuk Ukraina bosh vaziriga aylandi