06:34 / 31.08.2019
4 403

Shavkat Mirziyoyev Tashkent City qurilishi bilan tanishdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Tashkent City qurilishi bilan tanishdi (foto)
O‘zbekiston Prezidenti Tashkent City loyihasining sifati va sur’atini doimiy kuzatib bormoqda. Har bir detalga, rangga, qulaylik va qiyofa uyg‘unligiga alohida e’tibor qaratilmoqda, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev 30 avgust kuni Tashkent City’ga yana bir bor kelib, kongress-xoll va besh yulduzli mehmonxona, hududdagi obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Kongress-xoll binosi ikki qavatdan iborat bo‘lib, uning markazida katta va kichik zallarga transformatsiya bo‘ladigan 4 ming o‘rinli xoll mavjud. Bundan tashqari, bir vaqtning o‘zida 8 ta delegatsiyani qabul qilish imkoniyatiga ega qo‘shimcha zallar ham bor.

21 qavatli besh yulduzli mehmonxonaning qurilish ishlari ham jadal sur’atlarda davom etmoqda. Hilton brendi ostida faoliyat yuritadigan bu otelda 258 ta xona bo‘ladi. Bundan tashqari, 3 ta restoran, banketlar zali hamda 6 ta majlislar zali mavjud.

Bugungi kunda kongress-xoll va mehmonxona qad ko‘tarib bo‘lgan. Ichki pardozlash, elektr tarmoqlari tortish, dekorativ panellarni montaj qilish ishlari yakunlanmoqda. Muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini o‘rnatish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

«Prezident majmuada amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarini yuqori baholab, bu ob’ektlar ishga tushganda xizmat turlarini ko‘paytirishga e’tibor qaratish, xalqimizning bu yerga kelib mazmunli dam olishi uchun qulayliklar yaratish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi», — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Tashkent City qurilishi bilan tanishdi (foto)