17:05 / 03.09.2019
2 924

Toshkentda ikkita yo‘lovchi avtobusi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda ikkita yo‘lovchi avtobusi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Foto: Toshshahartransxizmat
Bugun, 3 sentyabr kuni Toshkent shahrida ikkita yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar qilmoqda.

Mirzo Ulug‘bek tumani, Yuzrabot ko‘chasida harakatlanayotgan, 5-avtosaroy tasarrufidagi 101- yo‘nalishda harakatlanayotgan “Mersedes-Bens” rusumli avtobus ortidan “Matiz” yengil avtomobili kelib urilgan. Yo‘l-transport hodisasida hech kim jabrlanmagan.

Ikkinchi transport hodisasi ham aynan shu ko‘chada sodir bo‘lgan. 2- avtosaroy tasarrufidagi 198- yo‘nalishda harakatlanayotgan “Isuzu” rusumli avtobus ortidan “Gazel” mikroavtobusi kelib urilgan. Ikki nafar yo‘lovchi jabrlangan.

“Hurmatli yo‘lovchi va haydovchilar. Yo‘llarda etiborli bo‘ling. Jamoat transporti harakatiga xalaqit bermang. Unda bir emas, yuzlab yo‘lovchi borligini unutmang. Ularning hayotini xavfga qo‘yishga hech birimizning haqqimiz yo‘q”, - deyiladi “Toshshahartransxizmat” ma’lumotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda ikkita yo‘lovchi avtobusi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi