10:00 / 04.09.2019
2 854

Toshkentda o‘tkazilgan «tungi velosayr» festivalida 700 dan ortiq kishi qatnashdi

Toshkentda o‘tkazilgan «tungi velosayr» festivalida 700 dan ortiq kishi qatnashdi
Foto: «Yuriy Xramov / O‘zbekiston velouyushmasi»
Toshkentda 30 avgust oqshomida poytaxt hokimligi, Toshkent turizmini rivojlantirish departamenti hamda O‘zbekiston velouyushmasi bilan hamkorlikda ilk bor «tungi velosayr» festivalini o‘tkazdi, deb yozadi «Gazeta.uz».

15 kilometrga cho‘zilgan velosayrda 700 dan ortiq kishi ishtirok etdi. Festival Toshkentda velosipedchilar sonini oshirish va veloinfostruktura muammolariga jamoatchilik e’tiborini qaratishi kutilmoqda.

«Tungi velosayr» festivalining tashkilotchilaridan biri O‘zbekiston velouyushmasining 100 dan ortiq a’zosi ishtirok etdi.

O‘zbekiston velouyushmasining rahbari Iskandar Ahmedovga ko‘ra, mazkur g‘oya o‘tgan yil dekabrida paydo bo‘lgandi. Hokimlik tadbirga qiziqish bildirib, uni o‘tkazish bo‘yicha kelishuv 15 daqiqada aniq bo‘ldi.

«Bizga tadbirni o‘zimiz amalga oshirishimiz mumkin bo‘lganidan ko‘lamliroq darajada o‘tkazishda ko‘mak taklif etildi. Biz 30 avgust sanasini tanladik, chunki hamyurtlarimiz bayram kunlari ko‘rishga qiziqish bildirgan ilk tadbir bo‘lishini istadik», — deydi Iskandar Ahmedov.

«Tungi velosayr»ga tayyorgarlik ikki oydan ko‘proq vaqt oldi. Shu muddat mobaynida uchta (bir, ikki, uch) reklama roligi tasvirga olingan.

Foto: «Yuriy Xramov / O‘zbekiston velouyushmasi»

Foto: «Yuriy Xramov / O‘zbekiston velouyushmasi»

Foto: «Yuriy Xramov / O‘zbekiston velouyushmasi»
Festival munosabati bilan 30 avgust kuni soat 22:00 dan 23:59 gacha Toshkentning qator ko‘chalari transport harakati uchun qisman yopilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda o‘tkazilgan «tungi velosayr» festivalida 700 dan ortiq kishi qatnashdi