Foto: O‘zA
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri Markaziy bog‘i hududidagi Xudoyorxon qarorgohida 10 – 15 sentyabr kunlari Xalqaro hunarmandchilik festivali bo‘lib o‘tadi.
Ushbu yirik tadbir «Hunarmand» uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Farg‘ona viloyat hokimligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Fanlar akademiyasi tomonidan tashkil etilmoqda.
Ilk bor o‘tkazilayotgan mazkur Festival milliy va jahon madaniyati, amaliy san’atining eng yorqin namoyandalari, mohir, qo‘li gul hunarmand ustalarini bir joyga jamlamoqda.
Festival «Xalqaro hunarmandchilik festivalini o‘tkazish to‘g‘risida» 2018 yil 1 noyabrdagi Prezident Qarori hamda Tashkiliy qo‘mitaning 2019 yil 19 avgustda Vazirlar Mahkamasida xalqaro hunarmandchilik festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va uni tashkil etishga bag‘ishlangan yig‘ilish Bayonnomasi ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilmoqda.
Ushbu Festivalni milliy hunarmandchilikning qadimiy maktablaridan biri hisoblangan Qo‘qon shahrida an’anaviy tarzda har ikki yilda bir marta xalqaro miqyosda o‘tkazish belgilangangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi