12:35 / 05.09.2019
2 860

Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga borishni rejalashtirmoqda

Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga borishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Davlat rahbarining xorijga safariga tayyorgarlik ko‘rish masalasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzaqov raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda muhokama qilindi.

«Tegishli idoralar va vazirliklar rahbarlari Rossiya Federatsiyasiga yuqori darajadagi tashrifga tayyorgarlik ko‘rishda: yuqori rentabellik va milliy iqtisodiyotning kompleks rivojlanishi uchun ahamiyatli yangi loyihaviy takliflarni tayerlash maqsadini ilgari surgan holda o‘zlariga asosiy vazifalarni belgilab oldilar», deyiladi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabarida.

Shu yilning martida Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayev bilan uchrashuv vaqtida so‘nggi ikki yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 20 foizga o‘sganini qayd etib, 2019 yil oxirida O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifi kutilayotgani haqida ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga borishni rejalashtirmoqda