Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti «Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonuniga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi:
18-moddaning (Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish) uchinchi qismidagi (Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish ular o‘n olti yoshga to‘lgan yili aprel — iyun oylarida amalga oshiriladi) «o‘n olti yoshga to‘lgan yili aprel-iyun» degan so‘zlar «umumta’lim maktabidagi yoki o‘rta-maxsus ta’lim muassasasidagi oxirgi o‘qish yilining aprel-may» degan so‘zlar bilan almashtirildi;
19-moddaning (Fuqarolarning muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishi) birinchi qismidagi «fevral-mart» degan so‘zlar «mart-aprel» degan so‘zlar bilan almashtirildi.
21-modda (Muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilish muddatini kechiktirish):
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirildi:
«Oliy ta’lim muassasalaridagi ta’limning kunduzgi va kechki shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘z roziligi bilan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olinishi mumkin. Bunda talabalar bir oylik harbiy yig‘inlarni o‘tashga iyul-avgustda jalb etiladi». “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi