13:36 / 06.09.2019
2 971

Vobkentda elektr energiyasidagi o‘g‘rilik fosh etildi

Vobkentda elektr energiyasidagi o‘g‘rilik fosh etildi
Ma’lumki, MIB vazifalaridan biri elektr, gaz uzatish va gaz taqsimlash, suv ta’minoti tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-toroj holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olish hisoblanadi.

Byuroning Vobkent tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan monitoringda, Vobkent tumanida “Quruvchi” MFY da istiqomat qilayotgan fuqaro I.Jumayev “Elektr energiyasidan foydalanish Qoidalari”ga zid ravishda, elektr hisoblagichni chetlab o‘tib, yashirin yo‘llar orqali elektr tarmog‘iga ulangan.

Fuqaro I.Jumayev 2 dona “Ariston” rusumli suv isitgich, 2 dona tentli isitish moslamasi, 1 dona hammomni parlantirish (parilka) pechi va 1 dona suv nasosidan noqonuniy foydalanib kelganligi oqibatida Vobkent tuman elektr ta’minoti korxonasiga 36.638.400 so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida huquqbuzar I.Jumayev yetkazilgan zararni to‘liq qoplaganligi sababli jinoyat ishi qo‘zg‘atishdan rad qilindi va unga qoqgnuang imkoniyat berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vobkentda elektr energiyasidagi o‘g‘rilik fosh etildi