12:30 / 07.09.2019
4 708

Avtomobillar uchun yangi yig‘im joriy etiladi

Avtomobillar uchun yangi yig‘im joriy etiladi
Kecha, 6 sentyabr kuni Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda O‘zbekiston Respublikasining «Chiqindilar to‘g‘risida»gi Qonuniga yangi moddalar kiritish masalasi muhokama qilindi.

Xususan, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolar salomatligi va atrof-muhitni transport vositalarning iste’mol xususiyatlarini yo‘qotish oqibatida vujudga kelgan chiqindilarning zararli ta’siridan himoya qilish maqsadida:

- g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar, ular uchun tirkamalarga nisbatan utilizatsiya yig‘imi joriy etilishi;
- transport vositalariga nisbatan to‘lanadigan utilizatsiya yig‘imining miqdori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanishi;
- utilizatsiya yig‘imining to‘lanishi ko‘zda tutilgan transport vositalarining turlari va toifalari, shuningdek utilizatsiya yig‘imini undirish nazarda tutilgan.

«Yuksalish» umummilliy harakati xabariga ko‘ra, hujjat loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Avtomobillar uchun yangi yig‘im joriy etiladi