12:55 / 07.09.2019
3 538

Hokimliklarning vakolatlaridan biri qisqartiriladi

Hokimliklarning vakolatlaridan biri qisqartiriladi
Amaldagi qonunchilikka koʻra, aholi oʻzlariga tegishli boʻlgan uy-joylarni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida noturar joy toifasiga oʻtkazish uchun hokimlarning qarorlari bilan 11 kunlik muddatda ruxsat oladilar.

Biroq, shu kunga qadar amaldagi qonunchilikda noturar joyni qayta turar joy toifasiga oʻtkazish tartibi belgilanmagan. Oqibatda turli xil huquqni qoʻllash amaliyoti vujudga kelib, aholini ayrim hollarda korrupsiya va qogʻozbozlik holatlariga olib kelishiga zamin yaratib kelmoqda, deb yozadi Davlat xizmatlari Agentligi bosh maslahatchisi Oybek Xidayev.

Amaliyotda baʼzi hollarda vakolatli organlar ushbu muddatlarni sababsiz bir oygacha kechiktirilgan holatlar ham koʻp ekani aytiladi.

Adliya vazirligi tomonidan mazkur davlat xizmatining koʻrsatilishini soddalashtirishni nazarda tutuvchi qaror loyihasi ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritildi.

Endilikda, taklif etilayotgan tartibda (turardan noturarga va noturardan turar joy toifasiga oʻtkazishga ruxsatnoma berish):
- hokimlarning ruxsat beruvchi qaror qabul qilishi mexanizmini bekor qilish;
- ruxsatnoma berish muddati 11 kunlikdan 4 ish kuniga qisqartirish;
- tuman qurilish boʻlimi tomonidan elektron shaklda ruxsatnomalar berilishi nazarda belgilanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hokimliklarning vakolatlaridan biri qisqartiriladi