16:08 / 07.09.2019
2 370

Qochoq otalar "osmonga chiqsa oyog‘idan, yerga kirsa qulog‘idan" tortib olinadi

Qochoq otalar "osmonga chiqsa oyog‘idan, yerga kirsa qulog‘idan" tortib olinadi
Qarzdorga aliment undiruvi yuzasidan sud qarori chiqarildi. Sud qarori pochta orqali ijroga yetib kelgunicha qarzdor ota indamasdan Rossiya davlatiga ketib qolgan. Ijro harakatlari olib borilib otaga nisbatan qidiruv e’lon qilinadi. Ot aylanib qozig‘ini topgani kabi ota g‘am bir kuni boshini egib ijrochining oldiga kelishga majbur bo‘ladi. Chunki sud qarori ijrosini ta’minlovchi ijrochilardan qochib bo‘ladimi. Qochoq otani 2129 kun deganda "osmonga chiqsa oyog‘idan, yerga kirsa qulog‘idan" tortib byuroga olib kelishdi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining qaroriga asosan qarzdor J. Qarayevdan undiruvchi N. Xudoyberdiyeva foydasiga bir nafar farzandi moddiy ta’minoti uchun voyaga yetguniga qadar 1/4 qism miqdorda aliment undirish belgilangandi. Demak, qarzdorning sud qarori chiqqan kundan eski to‘lamagan oylari uchun aliment qarzi bugungi kundagi summa bo‘yicha hisoblab chiqildi. Unga qo‘ra qarzdorning 70 oy to‘lanmagan aliment puli summasi 27.441.400 so‘mni tashkil etdi. MIBning Yangiyer shahar bo‘limi davlat ijrochilari olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdor mavjud aliment pullarini to‘liq to‘lab berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qochoq otalar "osmonga chiqsa oyog‘idan, yerga kirsa qulog‘idan" tortib olinadi