Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qarorga muvofiq jamiyatda vijdon erkinligi kafolatlari va diniy-ma’rifiy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha soha uchun mas’ul organlarning mustahkam va doimiy hamkorligini nazarda tutuvchi yangi tizim joriy etiladi.
Din sohasidagi davlat siyosatining asosiy maqsadi, vazifalari va prinsiplarini keng jamoatchilikka tushuntirish, vijdon erkinligi kafolatlari buzilishi holatlariga nisbatan tezkor choralar ko‘rish yangi tizim doirasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlaridan etib belgilandi.
Shuningdek, qaror bilan Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning yangilangan asosiy vazifalari belgilandi.
Qo‘mita vijdon erkinligi va din ishlari sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi, dinning asl insonparvarlik mohiyatini targ‘ib etish maqsadida barcha davlat va nodavlat notijorat tashkilotlariga bu boradagi faoliyatni amalga oshirishda ko‘maklashadi.
Qarorga ko‘ra, sud tomonidan ekstremistik yoki terroristik deb topilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyati taqiqlangan tashkilotlar, veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlar ro‘yxati Adliya vazirligi va Oliy sud rasmiy veb-saytlarida va boshqa OAVlarda e’lon qilib, yangilab boriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi