11:13 / 09.09.2019
3 095

Farg‘onadagi AGTKShda avtomobil yonib ketdi

Farg‘onadagi AGTKShda avtomobil yonib ketdi
Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
2019 yilning 7 sentyabr kuni soat 18:38da Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani Yakkamulla MFYda joylashgan “SILK ROAD GAS SERVICE” MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida avtomobil yonayotganligi haqida yong‘in-qutqaruv qismiga xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma’lumotida aytilishicha, xabar asosida voqea joyiga 2ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga soat 18:48da yetib borgan (eng yaqin yong‘in-qutqaruv qismigacha masofa 10 km) va ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 18:50da qurshab olinib, soat 18:53da to‘liq o‘chirilgan.

Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Hodisa oqibatida “Kia Forte” rusumli avtomobil to‘liq yonib zararlangan. Yong‘inni taxminiy sababi - avtomobilga siqilgan gazni to‘ldirgandan so‘ng gaz shlangi uzilmasdan avtomobilning harakatlanib ketishi. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onadagi AGTKShda avtomobil yonib ketdi