Aliment undiruvi borasida ko‘rilgan choralar o‘z samarasini bermoqda

  • 09 sentyabr 2019, 19:15
  • 629
  • Jamiyat
  • Aliment undiruvi borasida ko‘rilgan choralar o‘z samarasini bermoqda
    Bola moddiy ta’minoti uchun aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlarining Byuro organlari tomonidan ta’minlanishi, oilaviy mojarolar, yosh oilalarning ajrashib ketishi kabi ko‘ngilsiz holatlar qoldirgan asoratlarni yumshatishga, bartaraf qilishga imkon bermoqda.
    Jumladan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining 19.05.2019 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor A.Bo‘riyevdan undiruvchi G.Ibodullayeva foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun qarzdor oylik ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Qarshi shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan bo‘lib, mazkur ijro hujjati yuzasidan ijro harakatlari olib borilgan.

    Ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida"gi Qonunining 421-moddasiga asosan qarzdor A.Buriyevning Respublika hududidan chiqish huquqlari vachqtincha cheklangan.

    Byuroning Qarshi shahar bo‘limi davlat ijrochisi O.Jabborov tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari hamda tushuntirish ishlari natijasida joriy yilning birinchi avgustida 52 mln. 500 ming so‘m pul mablag‘i xatlab olinib, undiruvchi G.Ibodullayevaga topshiriladi.
    Bu bilan, A.Bo‘riyevaning ikki nafar farzandi 18 yoshga to‘lgunigacha olishi lozim bo‘lgan moddiy ta’minoti to‘liq qoplandi va aliment ijro hujjatining ijrosi amalda ta’minlanib, ish yurituvdan tamomlandi.

    Shu kabi, Fuqarolik ishlari bo‘yicha qarshi tumanlararo sudining 20.04.2018 yildagi ijro varaqasiga ko‘ra qarzdor A.Xudoyberdiyevdan undiruvchi D.Xodjaqulova foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun qarzdor oylik ish haqi va boshqa daromadlarining 1/6 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Qarshi tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan.

    Mazkur ijro hujjati bo‘yicha 21.08.2019 yilda 34 mln. 223 ming so‘m pul mablag‘i xatlanib, undiruvchiga tilxati asosida topjirilgan.
    Bundan tashqari, Byuroning Yakkabog‘ tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudining 14.07.2014 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor N.Rajabovdan undiruvchi G.Marhamatova foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun qarzdor barcha daromadlarining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘cha ham ijro hujjati muddatidan oldin amalda ijro etildi.

    Xususan, davlat ijrochisi Sh.Boymatov tomonidan 04.09.2019 yilda 41 mln. 524 ming so‘m aliment pullarini xatlash va undiruvchiga topshirish to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Xatlangan pullar undiruvchiga tilxat asoida topshirildi va ijro hujjati ish yurituvdan tamomlandi.

    Amalga oshirilgan bu kabi tadbirlar aliment olishi belgilanganlarning moddiy ta’minoti barqaror bo‘lishiga, ularning kelajagi kafolatlanishiga, shu bilan birga, qarzdor tarafning cheklangan huquqlari tiklanishiga turtki bo‘ladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Aliment undiruvi borasida ko‘rilgan choralar o‘z samarasini bermoqda