14:38 / 10.09.2019
2 672

O‘zbekistonda xususiy notarial idoralar tashkil etiladi

O‘zbekistonda xususiy notarial idoralar tashkil etiladi
Prezident “O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
2020 yil 1 yanvardan xususiy notarial idoralar tashkil etiladi. Qayd etilishicha, bu o‘zgarish aholining notarial idorada navbat kutib qolishi va idorama-idora sarson bo‘lib yurishining oldini oladi.

Shuningdek, hujjatga ko‘ra Notarial palata tashkil etiladi va unga barcha notariuslar a’zo bo‘ladi.
Bundan tashqari, mol-mulklar bilan bog‘liq bitimlarni tasdiqlashda bir qator talablar bekor qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda xususiy notarial idoralar tashkil etiladi