17:07 / 10.09.2019
5 406

Qaysi kasb egalari bepushtlikka moyil?

Qaysi kasb egalari bepushtlikka moyil?
FOTO: «Medik Forum»
Shunday kasblar borki, erkaku ayollarda bepushtlik xavfini oshirishi mumkin. Bunday mutaxassislar ro‘yxatiga styuardessalar, kimyoviy tozalash xodimlari, stomatologlar, rentgenologlar va boshqalar kiritilgan.

Styuardessa. «Medik Forum»ning yozishicha, styuardessa bo‘lib ishlovchi ayollarda bola tushish hodisasi boshqalardan ko‘ra ikki baravar ko‘p uchrar ekan. Mazkur moyillik styuardessalar tanasi bosim almashishi va gravitatsiya yuklamalariga ko‘p duchor bo‘lishi bilan izohlanadi.

Shifokor-rentgenologlar. Bu kasb egalari tuxumdonlar funksiyasini pasaytirishga qodir rentgen nurlanish ta’siriga duch keladi. Bunday nurlanish oqibatida ayollarda ham, erkaklarda ham bepushtlik alomatlari yuzaga chiqishi hech gap emas.

Stomatologlar. Shifokor-stomatologlar simob va azot oksidi bug‘lari bilan ko‘p ishlashadi. Bu ayollarning homilador bo‘lish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Kimyoviy tozalash xodimlari. Ularning kasbi ham kimyoviy moddalar bilan aloqada bo‘lishni, bug‘idan nafas olishni taqozo etadi. Ushbu vositalar ham homilador bo‘lish va bolani dunyoga keltirish imkoniyatini pasaytirib yuboradi.

Go‘zallik saloni xodimlari. Ko‘p salonlarda yashirin xavfli atmosfera yuzaga keladi. Negaki, u yerlarda kun davomida havoga soch, teri va tirnoq uchun ishlatiladigan xilma-xil vositalardan ko‘plab kimyoviy moddalar ajralib chiqadi. Natijada manikyur va sartaroshlar salomatligi katta xavf ostida qoladi – ular bug‘lanishdan nafas olishi va bu fertillikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Taxlovchi-qadoqlovchi, takelajchi, qoliplovchi. Bunday kasblar og‘ir jismoniy mehnat bilan bog‘liq bo‘lib, ular ayollarda bola tushish xavfini oshiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qaysi kasb egalari bepushtlikka moyil?