09:53 / 11.09.2019
3 128

Uchtepadagi avtoservisda yong‘in sodir bo‘ldi

Uchtepadagi avtoservisda yong‘in sodir bo‘ldi
Foto: Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi
Uchtepa tumanidagi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasida 9 sentyabr, dushanba kuni yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi.

Yong‘in soat 16:02 da Foziltepa ko‘chasi 34-uyda joylashgan Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasiga qarashli maxsuslashtirilgan avtoxo‘jalik xududidagi avtoservisda yuz bergan.

Oqibatda xo‘jalik hududida ijarada bo‘lgan «B.M.Shonosirov» YaTTga qarashli avtomobillar shinalarini yamash ustaxonasining ichki va tom qismi 60 kvadrat metr maydoni yongan.

O‘t o‘chiruvchilar chaqirilgan manzilga soat 16:11 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 16:24 da bartaraf etilgan.
Halok bo‘lgan va tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘inga olovdan foydalanishda ehtiyotsizlik sabab bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uchtepadagi avtoservisda yong‘in sodir bo‘ldi